Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Luganskda iş olib borişga ruxsat oldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) vakili Martin Saydik ma'lum qildi.
“Bugun mamnuniyat bilan şuni ma'lum qilamanki, kelib tuşgan axborotga köra, BMT agentliklari Lugansk viloyatining alohida tumanlarida işlaşlari mumkin böladi”, deb aytdi Saydik.
Saydik “Donetskning alohida hududlari ham bu ibratli işga amal qilişadi”, deb umid bildirdi.
Avvalroq Donbass uçun insonparvarlik yordami olib ketayotgan BMTning 800 ga yaqin yuk maşinasi özini mustaqil deb e'lon qilgan, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi hududlariga kira olmayotgani ma'lum qilingandi.
Saydikning ma'lum qilişiça, "DXR" va "LXR" ayirmaçilari hududida bir oydan beri BMT taşkilotlarining faoliyat olib borişiga taqiqlov amal qilmoqda. Uşbu respublikalar vakillari bunday çora körilganini BMT tomonidan notöğri rasmiylaştirilgan hujjatlar taqdim qilingani bilan tuşuntirişmoqda.






