AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri oktabr oyining oxiri, noyabr oyining boşlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Özbekistonga safar qiladi. Bu haqda AQŞ Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi ma'lum qildi.

Jon Kerrining Özbekistonda bölib ötadigan ikki tomonlama uçraşuvlari Samarqand şahrida taşkillaştiriladi. Şuningdek, Bişkek, Ostona, Duşanbe va Aşxobodda mamlakat hukumatlarining yuqori lavozimli vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar olib boradi. Bu uning AQŞ Davlat kotibi sifatida bir safar çoğida  Markaziy Osiyo davlatlarining barçasiga uyuştirgan ilk taşrifidir.

Samarqandda u mintaqadagi beş davlatning taşqi işlar vazirlari bilan uçraşuvda iştirok etadi. Uçraşuv 2015 yilda taklif qilingan AQŞ va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yangi “S5+1” formatdagi dialog tarzida bölib ötadi. Vazirlar mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilişadi.

Jon Kerri Markaziy Osiyoga Vena şahrida ötkaziladigan Suriya böyiça muzokaralardan söng safar qiladi.