Bugun Moskva birjasida AQŞ dollari 6 oktabrdan buyon birinçi marta 65 rubldan yuqori kötarildi. Mazkur jarayon bevosita neft narxining tuşişi bilan boğliq hisoblanmoqda.
AQŞ dollari Moskva vaqti bilan soat 17.21da 65,063 dollarni taşkil etgan, yevro kursi esa 71,79 rublga teng bölgan. Rublning dollarga nisbatan kursining ösib borişi neft narxi bilan bevosita boğliq bölib, Brent turidagi neft narxi Moskva vaqti bilan soat 17:21da 2,23 foizga kamayib, bir barelli 46,48 dollarni taşkil etgan. WTI turidagi neft esa, 3 foizga kamayib, 42,68 dollarga tuşgan.






