Qozoğiston Yevropa Ittifoqi rahbariyatining rasmiy taşrifini kutmoqda. Aytilişiça, uşbu taşrif doirasida kengaytirilgan hamkorlik va aloqalar töğrisidagi kelişuv imzolanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lumot berdi.

“2014 yil oktabrida Bryusselga taşrifim çoğida biz kengaytirilgan hamkorlik va aloqalar töğrisidagi kelişuvni imzolaşga tayyorgarlik işlarini yakunlagan edik. Biz YeI rahbariyatining bu tarixiy hujjatni imzolaş uçun Ostonaga kelişini kutmoqdamiz”, - dedi u bir qator davlatlarning elçilariga işonç yorliqlarini topşiriş marosimidagi çiqişida.