Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi “Ötkir buloq suvlari” MÇJ boş hisobçisi v.b. Mansur Mambetov va korxona bölim muhandisi Madrahim Ravşanov pora ustida qölga olinişdi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Aytilişiça, ular tumandagi gipsdan ganç işlab çiqaruvçi “Rohat” xususiy kiçik korxonasiga borib, içimlik suvidan foydalaniş holatini tekşirişgan. Suv hisobdonining tamğasi buzilganligini rökaç qilib, şu asosda 6.499 mln söm jarima belgilaşgan.
Şunda firma rahbari suv amaldorlarini “kelişiş”ga çaqirgan. Bunga javoban ular direktordan 2 mln söm pora talab qilişgan. Lekin direktor vaqtida tegişli taşkilotlarga murojaat qilgan. Natijada suvçilar pora olayotgan çoğda jinoyat ustida qölga olindi.






