BMT huquq himoyaçilari Eronda amalga oşirilayotgan ölim jazolari sonining keskin oşib ketganidan xavotirlanmoqdalar, deb ma'lum qilmoqda Spiegel naşri.
BMTning Erondagi inson huquqlari masalalari böyiça ma'ruzaçisi Ahmad Şohidning ta'kidlaşiça, 2005 yildan beri Eronda qatllar soni muntazam oşib borgan. Uning aytişiça, Eronda har yili dunyoning istalgan boşqa davlatidan köproq qatllar amalga oşiriladi.
Şohidning ta'kidlaşiça, Eronda 2014 yilda 753 kişi qatl etilgan, biroq 2015 yilda qatllar soni mingdan oşib ketişi mumkin. Uning aytişiça, amalga oşirilgan qatllarning aksariyati xalqaro huquqqa ziddir.
BMT ma'lumotlariga köra, joriy yilning birinçi yarmida 69 foiz qatl etilganlar giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlar uçun qatl etilgan. Şohidning aytişiça, ba'zilar feysbukda yoki boşqa ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikrlari uçun qatl etilgan. Şohid Eron hukumatini jiddiy jinoyatlardan boşqa barça jinoyatlar uçun ölim jazosiga taqiqlov kiritişga çaqirdi.






