MDH a'zolari davlat xavfsizligi va maxsus xizmatlari rahbarlari Suriya va Afğonistonda jismoniy tayyorgarlikdan ötgan terrorçilarni aniqlaş usullarini yanada yaxşilaşni muhokama etişdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, tomonlar jangarilar va qurollarni olib keluvçi yöllarni, ularni moliyaviy tomondan quvvatlab turuvçi manbaalarni topişda hamkorlikda harakat qilişga kelişib olişgan.

Suriya va Afğonistonda tayyorlangan mafkuraviy va terrorçi şaxslarni aniqlaş mexanizmlari borasida ham bir töxtamga kelingan.