AQŞdagi Kuşinge terminalida neft zaxirasining kamayişi haqidagi xabarlardan keyin jahon bozorida neft narxida ösiş kuzatilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
28 oktabr kuni Brent turidagi neft London birjasidagi savdolarda, Toşkent vaqti bilan soat 16.51da, bir barreli 0,37 (0,79 foiz) dollarga kötarilgan va 47,18 dollarni taşkil etgan.
WTI turidagi neft narxi esa, ayni vaqtdagi Nyu-York tovar birjasi savdolarida 0,32 (0,74 foiz) dollarga kötarilgan va bir barreli 43,52 dollarni taşkil etgan.






