Nepalda mamlakat kommunistik partiyasidan prezidentlikka öz nomzodini qöygan ayolni davlat rahbari etib saylaşdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Mamlakat parlamenti spikerining ma'lum qilişiça mamlakatning yangi rahbari Bidxaya Devi Bxandari parlamentdan 327 ovoz olgan, uning raqibi 214. U Nepal tarixidagi birinçi ayol prezident böldi.
Bxandari Kommunistik partiyasi rahbarining, ayni damda, mamlakat boş vaziri Kxadga Prasad Olining örinbosari edi.
Yangi prezident Nepal xotin-qizlarining har bir sohadagi haq-huquqlarini himoyalab kelgan. Jumladan, siyosatda ham.






