Massaçusets texnologiya instituti tadqiqotçilari Wi-Fi orqali devor ortida turgan odamni aniqlaydigan tizim yaratişdi, deb xabar bermoqda The Verge.

Maxsus dastur yuboriluvçi va qabul qiluvçi Wi-Fi tölqinlari yordamida işlaydi. RF-Capture deb nomlangan qurilma devor ortida turgan odam tasvirini xuddi teplovizor tasviri singari körsatadi. Tananing turli qismlari turli ranglarda ifodalanadi.

Qurilma inson tanasi va harakatini 90 foizlik natija bilan aniqlab beradi. Şunindek, u qöşni xonada turgan 15 nafarga yaqin odamni ajratib körsata oliş quvvatiga ega. Tadqiqotçilar qurilma işlaydigan vidoyeni ham taqdim etişdi.

Muhnadislarning fikriça, RF-Capture qurilmasi yordamçi vasifasini ötaşi mumkin, masalan, yolğiz yaşaydigan kişilar uçun. Qurilma bir vaqtning özida yiqilib tuşgan odamni payqaşi va u haqda kerakli joyga xabar qilişi mumkin. Tadqiqotçilar u uzatadigan tasvirlarni yanada tiniqlaştiriş ustida işlaşayotganini ma'lum qilişgan.