29 oktabr kuni ajratib olingan Siam egizaklarining biri Zita Rezaxanova Qirğizistonda, öz uyida vafot etdi. Bu haqda "Veçernyaya Moskva" xabar bermoqda. Qiz hayotdan köz yumayotganida yolğiz emasdi. Uning yonida yaqinlari va qarindoşlari bor edi. U ölimidan bir neça kun oldin, 24 yoşini nişonlagandi, deb ma'lum qiladi Dni.ru.

Siam egizaklari Zita va Gita Rezaxanovalar 1991 yilning 19 oktabrida Ğarbiy Qirğizistonda tuğilişgan. Ularda bir siydik yöli va uç oyoq bor edi. 2003 yilda Filatova nomidagi Moskva markaziy bolalar klinikasida tarixda ilk bor Siam egizaklarini jarrohlik yöli bilan muvaffaqiyatli ajratib olişdi. Opa-singillarni uzoq vaqt salomatliklari bezovta qilmadi, ammo sönggi vaqtlarda Zitaning soğliği yomonlaşa bordi.

Joriy yilning avgust oyida Zita poytaxt şifoxonalaridan birida oğir holatda yotqizildi. Uning singlisi Gita özini yaxşi his etyapti. Ularning har ikkisi maxsus ta'lim olgan va bolalarga Qur'ondan saboq berişardi.