Hozir bemor yoki xaridor biron dorini xarid qilmoqçi bölsa, aksariyat hollarda avval uning narxini boşqa dorixonalar bilan soliştirib köradi. Ayniqsa, qölida uzundan-uzun retsept bölsa, atrofdagi hamma dorixonaga bir-bir kirib çiqadiganlar köp. Lekin ba'zan qiziq vaziyatni kuzatiş mumkin: bitta dori turli dorixonalarda turliça narxlarda sotiladi... Bu holatga nima sabab bölganiga “Oila davrasida” muxbiri qiziqib kördi.

“Yaqinda farzandimga immunitetni oşiradigan bir dorini oliş uçun dorixonaga çiqdim. Bir-ikkitasiga kirib sörasam, bahosi turliça: 29 600 sömdan 34 700 sömgaça. Hayron qoldim. Narxi eng baland dorixonadagi sotuvçiga e'tiroz bildirsam: “Aka, biz buni boşqa firmadan olganmiz”, dedi. Oçiği, men uçun dorining qaysi firmadan qay tarzda keltirilgani qiziq emas. Albatta, iste'molçi sifatida menda savol tuğilişi tabiiy-ku: nega yonma-yon joylaşgan dorixonalarda bir turdagi dorining bahosi keskin farq qiladi? Şu sababli, uning qiymati nimaga asoslanib şakllanişini yaqindan bilgim keldi”, - deb ta'kidlaydi muallif.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilaş tartibi mavjud. Mamlakatda içki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan töldiriş, narxlarning asossiz ravişda ösib ketişi hollariga barham beriş, aholini ijtimoiy himoya qilişni ta'minlaş, dori vositalari, tibbiy buyumlarni sotişni tartibga soliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 14 yanvardagi “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotişni tartibga soliş töğrisida”gi 19-sonli hamda 2000 yil 5 avgustdagi “Içki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 307-sonli qarorlari qabul qilingan.

Uşbu me'yoriy hujjatlar dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarining asossiz ravişda ösib ketişining oldini olişga qaratilgan. Ularga köra, mahsulotlarga (qat'iy narx örnatilmagan) ustama foizlar belgilangan.
Jumladan, import böyiça keltiriladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari, tovar yetkazib berişda qatnaşuvçi vositaçilarning sonidan qat'i nazar, sotib oliş qiymatining (bazaviy narxining) 20 foizidan köp bölmagan miqdorda ulgurji-çakana savdo ustamasi qöllangan holda sotiladi.

Mahalliy dori vositalari böyiça esa dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazib berişda qatnaşuvçi vositaçilar sonidan qat'i nazar, ulgurji savdo uçun 20 foizdan ortiq bölmagan, çakana savdo uçun 25 foizdan oşmagan miqdordagi çeklangan savdo ustamalari qöllanilgan holda şartnomaviy narxlar böyiça ulgurji va çakana savdo tarmoği orqali sotilişi belgilangan.