IIV matbuot xizmati navbatdagi maşina olib qoçilişi sodir bölganligidan xabar berdi.

Aytilişiça, Qarşi şahrida istiqomat qiluvçi Olim ismli kişi IIB navbatçilik qismiga murojaat qilib, öziga tegişli Nexia rusumli avtomaşinasining avtoturargohdan öğirlab ketilganligini xabar qilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan militsiyaçilar zarur çoralarni körib, “Tösib uşlaş” tadbirini amalga oşirişdi. Tez orada avtomaşinani olib qoçişda gumon qilinib şu şaharda turuvçi 4 yigit qölga olindi.
Ayni paytda tergov davom etmoqda.