Samarqand aholisi va ijtimoiy soha obektlarini kuz-qiş mavsumida markazlaşgan holda issiq suv va issiqlik manbai bilan ta'minlaşda muammolar yuzaga kelayotgani sababli köp qavatli uylar hamda ta'lim va tibbiyot muassasalarida lokal qozonxonalar taşkil etişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu haqda ÖzA xabar qilgan.

Jumladan, şaharning Sartepa maskanidagi bir qator xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari mazkur tizim asosida aholiga issiqlik manbai yetkazib beriş yölga qöyildi.

«Ötgan yili "Qişloq quriliş bank“ning Samarqand viloyati filiali ajratgan kredit mablaği evaziga şirkatimiz xizmat körsatadigan 4ta töqqiz qavatli uyni issiqlik manbai bilan ta'minlaş imkonini beradigan qozonxona keltirib örnatdik», — dedi «Şohjahon Şermadad» xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati raisi Şerzod Omonov.

Uning fikriça, ötgan mavsumda mazkur qozonxona orqali uçta uyga issiqlik manbai yetkazib berildi.

Samarqand şahar hokimligining bildirişiça, mavsumga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan manzilli dastur asosida şu paytga qadar 300ga yaqin köp qavatli uyning tomi mukammal va joriy ta'mirlandi.

Şahar hududidagi mavzelar va mahallalarning 62 ming m2 hajmdagi içki yöllariga asfalt yotqizildi. Şuningdek, köp qavatli uy-joylar atrofidagi 61,61 ming m2 içki yöl va yölaklarga beton qoplamasi yotqizildi.

Aholining tabiiy gaz va elektr energiyasi ta'minotini yaxşilaş maqsadida qariyb 5 kilometrlik gaz tarmoği, 80 km elektr tarmoği ta'mirlandi.

27-, 81- va 112-maktabgaça ta'lim muassasalarining tomi ta'mirlandi. Viloyat qon quyiş markazi, köz kasalliklari şifoxonasi va 1-şahar bolalar şifoxonasidagi ta'mirlaş işlarining sönggi bosqiçi davom etmoqda.