Abu Dabida bölib ötayotgan sportning dzyudo turi böyiça Katta dubulğa turkumiga kiruvçi musoboqaning ikkinçi bellaşuvida Özbekiston sportçilari muvaffaqiyatsizlikka uçradi.

-73 kilogramm vazn toifasida Şarofiddin Boltaboyev ilk bellaşuvda meksikalik sportçi Samuel Ayalani mağlubiyatga uçratdi. Sportçimiz ikkinçi jangini jahon reytingida yetakçilik qilayotgan ozarbayjonlik Rustam Orujyevbilan olib bordi. Uçraşuv qiziqarli keçdi. Jang yakunida sportçimizga texnik mağlubiyat yozildi va Boltaboyev musobaqadagi öz iştirokini yakunladi.

-81 kilogramm vaznda tatamiga tuşgan Yahyo Imomov ilk bellaşuvdayoq çexiyalik Yaromir Musilga imkoniyatni boy berib qöydi. Ayollar örtasidagi bahsda Gulnoza Matniyozova ham dastlabki jangdayoq litvalik Migle Dudenaitega yengildi.