Özbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyaçisi Odil Ahmedov "buqalar" saytiga intervyu berdi.
"Sardorlik boğiçi Özbekiston terma jamoasida menga omad keltiryapti. Bahraynga qarşi bahsda jamoadoşim yetkazib bergan töpga çap oyoq bilan zarba berdim, ammo töp öng oyoğimga tegib yönalişini özgartirdi va gol urdim. Omadim keldi.
Babayan bilan nima özgardi? Birinçi navbatda Babayan kuçli psixolog. U hammani yiğib butun jamoa bilan va har birimiz bilan alohida suhbatlaşdi. Har bir futbolçi uçun kerakli sözlarni topa oldi va hammaning kayfiyati kötarildi. Yigitlar öz kuçiga işonganidan söng, natija ham ijobiy böldi.
KXDRga qarşi öyin? Albatta, bu öyin 6 oçko uçun böladi. Özbekistondagi barça terma jamoa jahon çempionatiga çiqişini istaydi, kuraşni davom ettiriş uçun esa guruhda birinçi örinni egallaş kerak. Şu sababli mamlakatimizdagi barça uşbu öyinni kutmoqda. Bizni faqat ğalaba qoniqtiradi. Şimoliy Koreyaga qarşi iloji boriça yaxşi tayyorgarlik körmoqçimiz" - deydi Odil Ahmedov.






