Özbekistonning Samarqand viloyati Samarqand tumanida yaşovçi fermerlar oğirligi 23 kilogramm keladigan ulkan tarvuz yetiştirdilar.
Samarqandlik jurnalist Toşpölat Rahmatullayev bozorda mahsulot xarid qilib yurganda şu katta tarvuzni öz közlari bilan kördi.
“Sotuvçilarning aytişiça, tarvuz Samarqand tumanining Rustam-qişloğida yetiştirilgan”, deb aytdi jurnalist.
Ötgan yili turkiyalik fermer Lutfu Oy Turkiyaning Antaliya viloyatida 58 kg keladigan ekologik toza ulkan tarvuzni yetiştirgan edi.

“Biz yangi tarvuz navini ötkazişga qaror qildik va ugi yetiştirişda na kimyoviy moddalar, na irsiy özgartirilgan organizmlar işlatdik, faqatgina organik öğitlardan foydalandik”, deb aytgandi öşanda turkiyalik fermer.






