Sayohatga otlanar ekansiz, har ehtimolga qarşi yöl olayotgan mamlakatingizda tiğiz vaqt qanday bölişini bilib olişni unutmang. Mahalliy xususiyatlardan kelib çiqib, turli mamlakatlarda tiğiz vaqt turliça böladi, lekin ularning hammasini bitta narsa umumlaştirib turadi – odamlar va transport vositalarining ulkan oqimi.

Fototelegraf.ru ana şunday tiğiz vaqt paytida olingan suratlarni e'tiboringizga havola etadi. 

Bangladeş poytaxti Dakkada tiğiz vaqtda köçalar turli ranglardagi rikşalarga tölib ketadi.

Hindistonning Çxattisgarx ştatida yirik şoxli qoramollar podasi köpinça yöllarda tiqilinç paydo bölişiga sababçi böladi.

Tokio metrosida tiğiz vaqtda yölovçilarni vagonlar içiga surib kirgizuvçilar işlaşadi.

Tölib ketgan metro vagoni eşiklarini yopiş uçun bir neçta suruvçilar ter tökişlariga töğri keladi.

Tiğiz vaqtda heç kimning ijtimoiy mavqeiga qaralmaydi. Suruvçi qimmatbaho kiyim kiygan biznesmenni metro vagoniga surib kirgizmoqda.

Siyemreapdagi Angkor-Vat ibodatxona majmuasi yaqinida tiğiz vaqtda töplangan velosipedlar, skuterlar va mototsikllar, Kamboja. 

Yölovçilar oqimi London şimoli-şarqidagi «Kings-Kross» temir yöl stansiyaning çiqiş eşiklari tomon harakatlanmoqda.