Avstraliya boş vaziri Malkolm Tyornbull mamlakatda ritsarlik institutining tugatilganini ma'lum qildi. Ilgari bunday unvon mamlakat oldida alohida xizmat körsatgan fuqarolarga taqdim etilar edi.

“Vazirlar mahkamasi ritsarlik instituti zamonaviy faxriy mukofotlar tizimiga muvofiq kelmasligiga rozi böldi”, - deb ta'kidladi Tyornbull. Şu bilan birga, mamlakatning rasmiy rahbari hisoblanadigan Buyuk Britaniya qiroliçasi ham hukumat rahbarining tavsiyasiga rozi bölgani ta'kidlandi.

Avstraliya davlat mukofotlari tizimi 1975 yili tasdiqlangan bölib, uning tarkibida ritsarlik ham tilga olingan edi. 1986 yili ritsarlik bekor qilindi, ammo 2014 yili Tyornbulldan ilgarigi boş vazir Toni Ebbott tomonidan qayta tiklandi. Şundan keyin ilk ritsarlik unvoni amaldagi general-gubernator Piter Kosgrouvga, ilk xonimlik unvoni esa sobiq general-gubernator Kventin Braysga berildi.