Angliyaning «Çelsi» klubi yarimhimoyaçisi Eden Azar jamoa boş murabbiyi Joze Mourino öz lavozimida qolgan taqdirda, uning Madridning «Real» klubiga ötişi ehtimoli ortadi, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Manbaning yozişiça, belgiyalik futbolçi portugaliyalik mutaxassisning turli xil körinişdagi tanqidlaridan çarçagan. Futbolçi agar Mourino «Çelsi»dan ketmagan taqdirda yozgi transferlar oynasi vaqtida «Real»ga ötmoqçi.

Qayd etilişiça, Azar bolaligidanoq «Real»ga muxlislik qilib kelgan. Uning kumiri esa hozirda madridliklar klubi strukturasida faoliyat olib borayotgan fransiyalik Zinedin Zidan bölgan.