Sinayga qulab tuşgan A321 samolyoti uçuvçilari halokat vaqtiga qadar heç qanday texnik nosozlik haqida bilişmagan. Bu haqda Qohiradagi manbasiga asoslanib, "Interfaks" xabar bergan.

A321 samolyotining qulaşi böyiça olib borilayotgan tergovga yaqin manbaning xabar berişiça, «qora quti»dan qulagan rus samolyoti böyiça olingan ma'lumotda "Ekipaj uçuvçilarining muloqoti örganib çiqilganida, samolyot radarlardan yöqolişiga 4 daqiqa qolgan vaqtda ham ular heç qanday nosozlikni sezişmagan va dispetçerlar bilan odatdagiday gaplaşib ketişgan. Ular tang vaziyat mavjudligi haqida xabar qilişmagan", deyiladi manbada.

Uning aytişiça, "qora quti"da heç qanday noxuş tovuşlar ham yozilmagan. Uçuvçilar tang vaziyatga tuşganlari haqida xabardor etişmagan.

Biroq uning aytişiça, layner radarlar ekranidan yöqoliş vaqtida yozuvda odatdagi parvoz uçun xos bölmagan tovuş qayd qilingan.

“Yozuvga köra, bortdagi favqulodda vaziyat tösatdan sodir bölib, uçuvçilar uçun kutilmagan holat paydo bölgan, şu sababli ekipaj falokat signalini yubora olmay qolgan”, - dedi axborot manbasi.

Eslatib ötamiz, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toşkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegişli Şarm aş-Şayx — Sankt-Peterburg yönalişi böyiça 9268 reysini amalga oşirayotgan Airbus-321 layneri parvozga kötarilgandan 23 daqiqa ötib radarlar ekranidan yöqoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yölovçi va yetti nafar ekipaj a'zosi bölgan.