AQŞ aholisi biror-bir dinga kamroq e'tiqod qila boşladi, deya xabar tarqatdi Reuters agentligi Pew Research Center izlanişlari natijalariga asoslanib. Mutaxassislarning aniqlaşiça, xudoga işonişi haqida ma'lum qilgan katta yoşli amerikaliklar soni 2014 yilda 89 foizni taşkil qilgan (2007 yilda 92 foiz).

Xudoning borligiga mutlaq işonuvçi respondentlar soni esa 2007 yildagi 71 foizdan 2014 yilda 63 foizgaça pasaygan.
Bunday holat amerikalik yoşlar örtasida yanada kuçliroq kuzatilmoqda: sörovnomada qatnaşgan 1990-1996 yillarda tuğilgan bolalarning yarmigina xudoga mutlaqo işonişini bildirgan, uşbu savolga 1928-1945 yillarda tuğilganlarning 71 foizi ijobiy javobni bergan.

Yangi avlod vakillari orasida har kuni ibodat qilişga kamroq moyil ekanini qayd etişgan (har kuni 39 foizi ibodat qiladi), bu paytda katta yoşlilarning 67 foizi har kunlik toat amallarini bajarişini ma'lum qilgan. Şuningdek, tadqiqot mualliflari yoş avlod diniy xizmatlarga kamroq murojaat etayotganini aniqlaşdi.

Şu örinda, 77 foiz amerikaliklar özlarini biror-bir dinga mansub ekanini ma'lum qilişgan. Ularning uçdan ikki qismi har kuni ibodat qilib, din ular hayotida muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidlaşgan.
2007 va 2014 yillardagi har ikki sörovnomada ham 35 ming amerikalik iştirok etgan.