Tailand poytaxti Bangkok ustidan yirik yoruğlik taratuvçi meteorit uçib ötdi. Guvohlar şahar osmonini yoritgan osmon jismining parvozini avtoregistratorlar yordamida olingan video tasvirlarni internetga joylaştirişdi.

Obekt bor-yöği ikki soniya içida uçib ötgan. The Bangkok Post naşri xabariga köra, Tailand astronomiya ilmiy-tadqiqot milliy instituti olimlari uning unça katta bölmagan meteorit ekanini aytib, atmosferada töliq yonib ketganini ma'lum qilişdi. Şuningdek, xabarda qandaydir obektning tuşgani töğrisida aytib ötilmagan.
Atmosferada osmon jismining yonib ketgani 2 noyabr kuni qayd etilgan.