2014 yil yakunlariga köra Finlyandiyada örtaça daromad 3 ming yevrodan oşdi. Bu haqda mamlakat soliq ma'muriyatiga tayangan holda Yle naşri xabar bermoqda.

Eng boy finlarning (10 foiz) örtaça daromadi 4.9 ming yevrodan oşgan, 10 foiz “eng kambağallar”ning daromadi esa 2.1 ming yevroga teng bölgan. Örtaça oylik maoş esa yil yakunlariga köra 3.3 ming dollarni taşkil qildi.

Daromadlarining 30 foizini fuqarolar davlatga tölaşadi. Daromad soliği, pensiya va ijtimoiy fondlarga beriladigan tölovlar şular jumlasidandir.