Kia kompaniyasi 3 noyabrda oçiladigan SEMA 2015 tyuning-şousi uçun A1A deb nomlangan navbatdagi loyihasini namoyiş qildi. U özidan oxirgi avloddagi Kia Optima sedanining usti oçiq, ya'ni kabriolet versiyasini aks ettiradi.
Yangi avloddagi Kia Optima sedani Nyu-Yorkdagi avtosalonda aprelda ilk marta namoyiş qilingan edi.
Tört örindiqli tört eşikli kabrioletning konstruksiyasi kuzov ostiga berkitilgan pölat quvurlar bilan kuçaytirildi. Bundan taşqari, maşina turli tomonga oçiluvçi old va orqa eşiklar bilan ta'minlandi.
Florida A1A trassasi şarafiga nomlangan avtomobil 20 dyuymli ğildiraklar bilan, kamaytirilgan yöl bilan oraliq, Ksport podveskasi va intererning yangi bezagi bilan jihozlandi.
A1A Optima kabrioleti 245 ot kuçiga ega 2 litrli turbirlangan dvigatel bilan jihozlandi. Dvigatel 6 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi.
Avvalroq Kia kompaniyasi SEMA avtosaloni uçun Forte Koup kupesining yöltanlamas versiyasini namoyiş qilgan edi. Maşina Mud Bogger deb nomlandi.
Yana bir koreys avtomobil brendi Hyundai kompaniyasi SEMA uçun 6 ta avtomobil: 2 ta 500 ot kuçiga ega dvigatelli Genesis kupesining modifikatsiyasini, Veloster xetçbeki hamda Tucson krossoverining uç variantini tayyorladi.






