Joriy yilning aprel oyida boşlangan “Özbekistonning yetti mö'jizasi” aksiyasi nihoyat yakuniy bosqiçga yetib keldi.

Yakuniy bosqiç talablariga muvofiq, Ziyo.Net axborot resurs tarmoğining “Özbekistonning madaniy merosi” bölimiga kirib özingiz ma'qul deb topgan madaniy meros va mamlakatning moddiy boyligi körsatilgan sahifaga kirib unga ovoz berişingiz hamda Özbekistonning “Yetti mö'jiza”larini aniqlaşga öz hissangizni qöşişingiz mumkin.

Har bir moddiy va nomoddiy madaniy meros obektiga kun davomida bir marta ovoz beriş imkoniyati bor. Ovoz beriş dekabr oyining boşigaça davom etib, eng köp ovoz olgan obektlar yakuniy röyxatga kiritiladi.

Kun.uz tahririyatiga yöllangan matbuot xabarnomasida ta'kidlanişiça, aksiyani ötkazişdan asosiy maqsad “yurtimizning moddiy (arxitektura va arxeologik yodgorliklar, tabiat mö'jizalarini) va nomoddiy merosni (urf-odat, an'ana, qadriyat, san'at) kelajak avlodga yetkaziş hamda tarğib qiliş uçun yagona bazaga töplaş” dir.

Uşbu aksiyaning ötkaziş maydoni ZiyoNET axborot resurs tarmoğining “Özbekistonning madaniy merosi” bölimi hisoblanib, unda portaldan röyxatdan ötgan istagan kişi iştirok etsa böladi. Hozirgi kunga kelib aksiya doirasida 374ta meros obektlari bölimga kiritildi.

Aktsiya yakuniga köra, eng köp ovoz töplagan moddiy va ma'naviy meros obektlari tantanali tadbirda e'lon qilinadi.