2 noyabr kuni Toşkentda, Mustaqillik köçasi yoqasida “Kitob olami” nomli yangi kitob dökoni oçildi. Şahar markazida, metro bekati yaqinida joylaşgan bu dökon Örta Osiyoning bu turdagi eng yirik muassasasi ekanligi aytilmoqda.

Dökonga kiriş oldidagi vitrinaga ulkan monitor joylaştirilgan bölib, u orqali ayni paytda dökon reklamasi namoyiş etilmoqda.
Foyyeda ham törtta reklama ekrani, şuningdek, maxsus naşrlar joylaştirilgan şişali vitrinalar bor.

Dökonda Özbekiston naşriyotlarining barça yönalişdagi kitoblari taqdim etilgan. Bu yerdan bolalar adabiyoti, badiiy adabiyot namunalarini, ilmiy kitoblarni topiş mumkin. Şuningdek, Rossiya naşriyotlari çop etgan köplab adabiyotlar dökon peştaxtalaridan örin olgan.

Agar maşhur şoir Aleksandr Faynberg tirik bölganida, u şu yilning 2 noyabrida 76 yoşni qoralagan bölar edi. Şu munosabat bilan bölsa kerak, dökon assortimentidan ajoyib şoirning yangi töplami örin oldi.

Kitob zalida disklar va elektron adabiyotlar uçun alohida stol taşkil qilingan. Zal oxirida kantselyariya mollari uçun joy ajratilgan.