Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 3 noyabr kuni Aşxobodda AQŞ davlat kotibi Jon Kerri bilan uçraşuv ötkazdi. Kerrining rasmiy safari AQŞ diplomatiyasi rahbariyatining uşbu mamlakatga 1992 yildan buyon birinçi taşrifi böldi.
Uçraşuv çoğida Berdimuhamedov ikki davlat örtasidagi hamkorlikning uç asosiy yönalişini ajratib körsatdi: siyosat, iqtisodiyot va madaniy-gumanitar soha.
Bundan taşqari, joriy yilda Turkmanistonning neytral maqomi tan olinganligiga 20 yil tölişi alohida ta'kidlandi. 12 dekabr kuni Aşxobodda “Doimiy neytralitet: tinçlik, xavfsizlik va rivojlaniş uçun hamkorlik” nomli xalqaro konferensiya bölib ötadi. Vaziyatdan foydalanib, Berdimuhamedov AQŞ prezidenti Barak Obama hamda davlat kotibini mamlakat poytaxtida ötadigan forum va bayram tadbirlariga yana bir bora taklif qildi.
Öz navbatida, Jon Kerri Berdimuhammedovga va Turkmaniston xalqiga iliq qabul uçun minnatdorçilik bildirdi. Şundan söng köpgina muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar borasida fikr almaşildi.






