Farğonada ilk marta yurak operatsiyasi ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda keltirilişiça, Farğona viloyat köp tarmoqli bolalar tibbiyot markazida ilk bor tuğma yurak nuqsoni bilan davolanayotgan ikki nafar bolada murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oşirildi.

Farğona viloyatida 18 yoşgaça bölgan öğil-qizlarga yuqori malakali tibbiy xizmat körsatişga ixtisoslaşgan viloyat köp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 2013 yili zamonaviy binoga köçib ötdi. 2014 yilda esa yangi davolaş korpusi foydalanişga topşirildi. Markaz faoliyati kengayib, jarrohlik, reanimatsiya, ortopediya, pulmanologiya, gastroenterologiya, kardiorevmatologiya, nevrologiya bölimlari qatoriga oftalmologiya va urologiya bölimlari ham qöşildi. Ayni kunlarda bu yerda ilğor usullar asosida murakkab jarrohlik amaliyotlari ham ötkazilmoqda.

Markazda körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxşilaş maqsadida tuğma yurak nuqsoni taşxisi bilan dispanser nazoratida turgan bemorlarni jarrohlik yöli bilan davolaş yölga qöyilmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, dunyoda har ming çaqaloqning 6-7 nafarida tuğma yurak nuqsoni qayd etiladi. Bu xastalikni operatsiya yöli bilan butunlay bartaraf etiş va bemorni tölaqonli hayotga qaytariş mumkin.
Mamlakatimizda bunday xastalik aniqlangan bemor bolalarni soğlomlaştiriş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.

Mazkur markazda ilk bor ötkazilgan tuğma yurak nuqsoni bilan davolanayotgan bolalardagi jarrohlik amaliyoti ana şulardan biridir.
Furqat tumanining Tomoşa qişloğida yaşovçi Mirzaxöja Niyozxöjayev 1999 yilda tuğilgan. U tuğilganidan buyon dispanser nazoratida turadi. Bemor hansiraş, yurakning tez-tez urişi, holsizlik kabi şikoyatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Qöştepa tumanidan Ikromjon Ibrohimov esa uç yoşda. U ham tuğma yurak nuqsoni, oçiq arterial protok taşxisi bilan dispanser nazoratiga olingan.

Har ikki bemorda tuğma yurak nuqsoni – oçiq arterial protokni boğlab qöyiş operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi va reanimatsiya bölimida intensiv muolajalar olib borildi. Bolalarning ahvoli stabillaşgaç, muolajalarni davom ettiriş uçun jarrohlik bölimiga ötkazildi.
– Öğlim ozgina yursa ham, öynasa ham tez çarçab, lablari kökarib ketardi, – deydi Ikromjonning onasi Dilrabo Fozilova. – Uç yoşli bola özining çarçayotganini, holsizlanib borayotganini sezardi. Oxirgi paytlarda sal yursa, “Kötaring” deydigan bölib qoldi.