Uy-rözğor uçun texnika dökonining tajribaga ega bölmagan xaridori uçun kir yuviş maşinalari kiyim-keçaklar joylaştiriladigan old qismi jihatidan bir-biriga öxşaydi: ularning barçasida oynali lyuk bölib, u orqali barabanga yuvilişi kerak bölgan kiyimlar joylaştiriladi, içki devorida qöyilmalari mavjud kir yuviş vaqtida kiyimlarni aylantiradigan perforlaştirilgan baraban, uşbu motorni aylantiradigan privod kamarli motor, kir yuviş kukuni solinadigan harakatlanuvçi dozator mavjud. Tan oliş kerakki, köp hollarda bu haqiqat. Biroq işlab çiqaruvçi kir yuvişga oid stereotiplarni sindirmoqçi va konstruksiyaning har bir elementi uçun yangi yeçim topiş istagida bölsa, iste'molçiga bozorda taqdim etiladigan mahsulotlardan farq qiluvçi innovatsion mahsulot taqdim etiladi. Intelius HW80-BD1626 kir yuviş maşinasini yaratgan Haier kompaniyasi buni amalga oşirişga muvofiq böldi.

Bu modeldagi innovatsiyalar kir yuviş vositasi solinadigan dozatorning özidayoq namoyon böladi. Tan oling – biz köz bilan çamalaymiz va köp hollarda buni aniq amalga oşira olmaymiz. Yuviş vositasining yetişmasligi esa kir yuviş natijasining qoniqarli bölmasligiga olib keladi, dozani oşirib yuborişning ham heç qanday ijobiy tomoni mavjud emas: birinçidan, köp miqdordagi kir yuviş vositasi intensiv çayişdan keyin ham mato tolalarida qolib ketişi mumkin, ikkinçidan suvda erimagan kir yuviş kukuni maşinaning gidravlik qismida ham, kanalizatsiyaga suvni oqiziş tizimida ham qolib ketadi, natijada bir kun kelib oqiziş tizimini tösib qöyişi mumkin. Ha albatta, yuviş vositasini bekorga sarflaş tejamkorlikka ham töğri kelmaydi.
Haier Intelius HW80-BD1626 ning yangi modelida Smart Dosingdan foydalaniladi, mazkur texnologiya yordamida kir yuviş maşinasi yuviş uçun qança kukun kerakligini özi aniqlaydi. Taşqi körinişi bilan ham dozator an'anaviylardan farqlanadi: uning ikkita yondoş konteynerlari (unga yuviş vositasi va konditsioner solinadi) endilikda yopiladigan qopqoqçalarga ega böldi. Smart Dosing tizimi yuvişda yaxşi natijalarga erişiş uçun kirlar hajmiga qarab bu idişlardan avtomatik tarzda kerakli miqdorni oladi.
Konsentratlangan yuviş vositasi va yuviş kukuni bundan istisnodir – undan foydalanilganda Smart Dosing funksiyasi bekor qilinişi lozim. Jun, qora, oq, bolalar kiyimi va boşqalar uçun maxsus yuviş vositalaridan foydalanilganda kukunni bevosita barabanga soliş mumkin.

Şkiv va kamarsiz
Haier yangi kiri yuviş maşinalarining barabanlarining aylanişida uçun texnik qaror Smart Drive Motor™ - dvigatelning şkiv va kamarsiz barabanga bevosita joylaştirilişidan foydalanilgan. Bunday texnik yutuqning afzalligi – maşina işlayotgan vaqtda şovqin va tebranişlarning past darajasidir, natijada maşinaning işi nafaqat foydalanuvçi uçun qulaylaştiriladi, balki detallar yemirilişini pasaytiriş hisobiga xizmat körsatiş muddatini uzaytiradi. Işlab çiqaruvçi elektromotorning bevosita privodiga 12 yil kafolat berişi tasodifan emas!








