Xabaringiz bölsa, regbi böyiça Yangi Zelandiya terma jamoasi jahon çempioni böldi, deb yozadi Muxlis.uz portali. Ana şu kuni, ya'ni Avstraliya va Yangi Zelandiya örtasidagi final öyiniga atalgan marosimning tugaşi bilan 14 yoşli Çarli Layns (Charlie Lines) maydonga tuşib keladi. Maqsad yangi Zelandiya terma jamoasi yulduzi, öz mamlakatining qahramoni, All Black jamoasi öyinçisi, maşhur musulmon sportçi Sonni Bill Uilyams (Sonny Bill Williams)ni ğalaba bilan qutlaş bölgan.


Bolakay öz kumirini quçoqlamoqçi böldi. Biroq uni tartib posbonlaridan biri itarib, yiqitib yubordi. Bu vaziyatni kuzatib turgan sportçi jarayonga aralaşib, bolani yerdan turğazdi va hatto öz medalini bolakayning böyniga osib ham qöydi. Bolakay uçun bu kutilmagan sovğa böldi.
«Böyniga osilgan haqida u uzoq yillar gapirib yuradi. Kelajakda balki u ham All Black jamoasida öynar»,- dedi Sonni Bill Uilyams.