Qirğiziston parlamentining koalitsion fraksiyalari hukumatning birlamçi tarkibini oşkor qildi, deb xabar beradi 24.kg agentligi.
Temir Sariyev boş vazir lavozimida qoladi. Uning birinçi örinbosari Ali Qaraşev, iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari Oleg Pankratov, ijtimoy masalalar böyiça örinbosari esa Gulmir Qudayberdiyeva böladi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Orzibek Qöjoşev boşçilik qiladi.
Röyxatdan yana quyidagilar örin oldi:
IIV – Melis Turğanbayev;
Adliya vazirligi – Jildiz Mambetaliyeva;
Moliya vazirligi – Odilbek Qosimaliyev;
FVV – Qubatbek Böronov;
Qişloq xöjaligi va melioratsiya vazirligi - Turdunazir Bekboyev;
Ijtimoiy taraqqiyot vazirligi – Qudaybergan Bozorboyev;
Ta'lim va fan vazirligi - Elvira Sariyeva;
Madaniyat, axborot va turizm vazirligi – Oltinbek Maqsutov;
Soğliqni saqlaş vazirligi – Talantbek Botiraliyev;
Transport va kommunikatsiyalar vazirligi – Arğinbek Malaboyev;
TIV - Erlan Abdildayev;
Milliy xavfsizlik böyiça davlat qömitasi – Busurmonqul Tabaldiyev.
Mudofaa işlari böyiça davlat qömitasiga kim rahbarlik qilişi noma'lumligiça qolmoqda. Bu prezident kvotasi ekanligi ta'kidlanmoqda, şu bois yakuniy qarorni Almazbek Atambayev beradi.






