Ruminiya boş vaziri Viktor Ponta iste'foga çiqadi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu haqdagi qaror klubda röy bergan yonğindan söng bölib ötgan ommaviy norozilik aksiyalaridan keyin qabul qilingan.

“Viktor Ponta öz lavozimidan voz keçmoqda. Bölib ötgan hodisa uçun javobgarlikni kimdir öz zimmasiga olişi lozim edi. Bu jiddiy iş va biz vaziyatni tezda hal qilamiz”, - dedi hukmron partiya rahbari.

Eslatib ötamiz, 31 oktabrga ötar keçasi Ruminiya poytaxti Buxarest şahridagi tungi klubda yonğin sodir bölgan edi. Öşa vaqtda klubda bölganlarning 150 nafarga yaqini turli darajadagi kuyiş va is gazidan zaharlaniş jarohatini olgan. Vafot etganlar soni 32 nafarga yetdi. Fojia munosabati bilan mamlakatda uç kunlik motam e'lon qilindi.