Zamonamiz – öz biznesini oçiş va şu orqali boyib ketiş uçun eng qulay paytlardan biri sanaladi. Siz inson faoliyatining turli sohalarida köplab imkoniyatlarning qurşovidasiz va ulardan qay darajada foydalana oliş tamomila özingizga boğliq. Sizdan talab etiladigani – ulkan istak va harakatga tayyorlik. Brayan Treysi kitoblari va seminarlari esa, şubhasiz, bunda sizga yordam beradi.

Treysi, malakali biznes-maslahatçisi, kouç, muallif va amaliyotçi, bundan köp yillar muqaddam “özini-özi qilgan” millionerlar tarixlarini örganişni boşlagan. Ular haqida qança köp örgansa, özi ham şu darajada ularga biriga aylanib borar edi. Millioner statusiga erişiş undan 5 yilni talab qildi. Uning bugungi butun faoliyati - mazkur yölni boşqalar uçun qisqartirişga yönaltirilgan.

Rivojlanişni va öz biznesini qurişni istaydiganlar uçun, Brayan Treysi fikriga köra, “özini-özi qilgan” millionerlarning 7 ta sirini havolangizga namoyiş qilmoqdamiz.

• Demak, “özini-özi qilgan” millionerlarning birinçi siri - keng miqiyosda fikrlang va ulkan narsalar haqida orzu qiling. Özingizga tinmasdan “Men qila olaman!”, deya ta'kidlang. Özingizga qayta-qayta berişingiz bölgan yagona savol “Qanday qilib?”, degan savol bölsin. “Özini-özi qilgan” millionerlar öz qiyofasini, kelgusida boy va omadli bölişlarini aniq tasavvur qila oladilar. Hayotingizdagi mutlaqo barça özgarişlar özingiz haqingizda şakllantiradigan muayyan yangi emotsional aqliy şaklda vujudga keladi. Qolaversa, özingizga heç qaçon muvaffaqiyatli kişilarni tanqid qilişga yöl qöymang. Muvaffaqiyatli kişilarni tanqid qilib, özingizdagi muvaffaqiyatning barça imkoniyatlarini zaiflaştirasiz. Aksinça, muvaffaqiyatli kişilar bilan zavqlaning! Boşqalarning zafarlariga qança hursand bölsangiz, muvaffaqiyatga özingiz şunça tez erişasiz.

• Ikkinçi sir: Boşqalardan farqli böliş, ustun kelişni - hayotingizning asosiy maqsadi etib belgilang. Bajaradigan barça işlaringiz yuksak darajada bölişiga intiling va özingizga yuqori talablarni belgilang. Bajaradigan işlaringizda yuqori darajali professionalizmga erişmaguningizga qadar, heç qaçon boy va baxtli böla olmaysiz. Öz oldingizga şunday maqsadni qöying va şu yönalişda harakatni boşlang. Öz işingiz va kasbingizda yanada a'lo bölişingizga sabab böluvçi har bir qadamingiz sizni yanada baxtli qiladi. Faoliyat yuritadigan sohangizda birinçi yigirmatalik, söngra öntalik, keyin esa beştalikka aynan siz kirişingiz kerak ekanligingiz töğrisida qaror qabul qiling.