Apple kompaniyasi iPhone 5s’ning 4 dyuymli ekranga ega yaxşilangan versiyasini taqdim etmoqçi, deb yozmoqda The Verge KGI Securities kompaniyasi xodimi Min-Çi Kuoga asoslanib.

Min-Çi Kuoning sözlariga qaraganda, bugungi kunda 4 dyuymli Apple smartfonlariga bölgan talab oşib bormoqda. Şu sababli Apple uçun 5s versiyasining metall korpusga ega bölgan körinişda taqdim etiş foydali böladi.

Uning ma'lum qilişiça, gadjyet 2016 yilning birinçi yarim yilligida ommaga taqdim etiladi. U iPhone 6s va iPhone 6s Plus’da qöllanilgan çipga ega böladi.

Sönggi bir neça yil içida Min-Çi Kuoning bir neçta başoratlari töğri çiqqan. U Apple 4,7 va 5,5 dyuymli smartfon çiqarişi, Apple Watch soati paydo bölişi, şuningdek, 12 dyuymli MacBook haqida ham oldindan başorat qilgan edi.