Raqamli xavfsizlik bilan şuğullanuvçi Lookout kompaniyasi tadqiqotçilari öz blogida Android operatsion tizimida “format”(smartfonni dastlabki holatiga keltiriş)dan söng ham ketmaydigan troyan virusi paydo bölgani haqida ma'lum qildi.

Uşbu virus norasmiy Android ilovalari dökonlaridagi ilovalar orqali ötmoqda. Virus ilova asosan ijtimoiy tarmoq ilovalari körinişida niqoblanib, odatdagi ilova körinişida işlaşni davom etadi. Uşbu troyan bilan zararlangan smartfonda turli reklamalar çiqa boşlaydi hamda uning himoya tizimi işdan çiqadi. Buning natijasida parol va boşqa şaxsiy ma'lumotlar himoyasiz qoladi.

Hozirda zararlangan ilovalar uçta Shedun, Shuanet va ShiftyBug guruhlarga bölingan va ularning soni 20 mingga yaqinlaşgan. Biroq Google Play dökonida bu ilovalarning heç biri aniqlanmagan.