2015 yilning 11 oktabr kungi saylovlarda ğolib bölgan Aleksandr Lukaşenko beşinçi muddatga Belarus prezidentligiga rasman kirişdi, deya xabar bermoqda «Interfaks-Zapad».

Minskdagi Mustaqillik saroyida bölib ötgan tantanali marosimda Aleksandr Lukaşenko mamlakat Konstitutsiyasiga qölini qöygan holda belarus tilida qasamyod qabul qildi.

“Belarus Respublikasi prezidentligi lavozimiga kirişar ekanman, Belarus Respublikasi xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, inson va fuqaro huquq hamda erkinligini hurmat va himoya qilişga, Belarus Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya etiş va himoyalaşga, menga yuklatilgan oliy mas'uliyatni qat'iyat va vijdon bilan ado etişga tantanali ravişda qasamyod qilaman”, - deyiladi qasamyod matnida.

Lukaşenko qasamyod qabul qilganidan söng öz lavozimiga kirişiş töğrisidagi aktga imzo çekdi. Markaziy saylov komiyassiyasi raisi Lidiya Yermoşina unga prezident guvohnomasini topşirdi.

Avvalroq Aleksandr Lukaşenko Belarus prezidentligi uçun saylovlarda 83,5 foiz ovoz töplagani töğrisida xabar qilingan edi.