Jahon çempionati-2018 ikkinçi saralaş bosqiçi doirasidagi Özbekiston – KXDR öyini uçun çiptalar 6 noyabr, soat 14:00dan boşlab sotuvga çiqarildi. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Barça sektorlar uçun çiptalar narxi 15 000 söm qilib belgilangan. Faqatgina SIP toifali çiptalar narxi 30 000 söm. Barça çiptalar “Paxtakor” stadioni kassalarida sotilmoqda.
Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionati-2018 ikkinçi saralaş bosqiçi doirasida 12 noyabr kuni KXDR terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu uçraşuv Toşkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bölib ötadi. Öyin soat 18:00da boşlanadi. Öyinni Alirizo Fağoni boşçiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boşqarib boradi.
Eslatib ötamiz, ayni vaqtda "H" guruhida KXDR terma jamoasi 5ta öyinda 13 oçko töplagan holda peşqadam bölib turibdi. Özbekiston esa guruhdagi raqiblaridan bir öyin kam ötkazgan holda 9 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turibdi.






