Özbekiston prezidenti Islom Karimov 5 noyabr kuni Koreya Respublikasining savdo-sanoat va tabiiy zaxiralar vazirining birinçi örinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi, deb xabar bermoqda ÖzA.
I.Karimov Janubiy Koreya Özbekistonning asosiy investitsion va texnologik hamkorlaridan ekanini ta'kidladi. Janubiy Koreya biznesi Özbekiston iqtisodiyotining turli sohalarida köplab strategik loyihalarni amalga oşirmoqda. Bunga qiymati qariyb 4 milliard dollarga teng Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurib bitirilganini misol qilib keltiriş mumkin.
Suhbat çoğida janubiy koreyalik investorlarning Özbekistondagi davlat korxonalari va aktivlarini xususiylaştiriş jarayonida iştiroki, yetakçi sanoat va infratuzilma tarmoqlarida yangi investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar Xalqaro investitsiya forumi doirasida janubiy koreyalik hamkorlar bilan neft-gaz, kimyo, elektrotexnika, maşinasozlik va oziq-ovqat sanoati, quriliş materiallari işlab çiqariş va infratuzilma tarmoqlaridagi davlat aktivlarini sotib oliş böyiça umumiy qiymati 220 million dollardan ziyod 24 bitim va memorandum imzolanişini yuksak baholadi.
Li Xvan Sop Koreya Respublikasi Özbekiston bilan özaro manfaatli hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşga ustuvor ahamiyat berişini ta'kidladi.






