Nima uçun Samarqandda aholi uçun tabiiy gaz yöq? Axir gaz quvurlari viloyatimiz hududi orqali ötadi, 50ga yaqin avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari kunu tun işlab, quvurlardan metanni suğurib olmoqda. Gap nimada? Uşbu noodatiy holatning asosiy sabablari nimada, deb yozmoqda samarqandlik jurnalist Toşpölat Rahmatullayev.

Maqolada Samarqand viloyatida tabiiy gaz, elektr energiyasi va içimlik suvidagi uzilişlar sabablari, uşbu vaziyatga fuqarolarning munosabatlari keltirilgan.
Mana, bir neça yildirki, Zexni köçasida gaz yöq, gohida soatlab elektr energiyasi bölmaydi”, – deya “Samarqandşahargaz” boşliği qabulxonasida turgan örta yoşli erkak sözlaridan iqtibos keltiriladi.

“Xudoga şukr, bizda tinçlik hukm surmoqda, umid qilamizki, maişiy qiyinçiliklar tez orada ortimizda qoladi, – deya unga javob beradi keksa yoşli kişi. – Ötgan yilga qadar bizning Sözongaron köçamizda gaz bilan boğliq muammo yöq edi. Biroq nimadir böldiyu, mana ikkinçi yildirki, uyimda gazning hidiyam yöq. Şahargaz boşliğidan gap nimadaligi, vaziyat yaxşi tomonga özgaradi, bilişni istayman”.

“Darvoqe, mazkur muassasaga asosan ayollar şikoyat bilan kelişgan. Ulardan biri Nadejda Bulgakovaning aytişiça, şahar gaz xizmati boşliği huzuriga uç kundan buyon qatnamoqda. “Dahbet köçasidagi uyda 76 yoşli Aleksey Volkonidin oğir bemor, gaz yöq, - deydi u. – Birinçi murojaatimdan keyin uçastka inspektori uyimizga keldi. U faqat gaz yöqligini tasdiqladi, boşqa heç narsa qilgani yöq”, - deb yozadi muallif.

Gaz yöqligi yoki past bosimi pastligi sabab iste'molçilar Samarqand şahar gaz xizmatiga murojaat qilişmoqda. Ularning şikoyatini eşitgan şahar va viloyat gaz xizmati rahbariyati: “Gaz quvurlarida yetarli miqdorda gaz bölmasa nima qilaylik?”, - deya javob berişadi...
Maqolada şahar gaz xizmati boşliği Izzatulla Yöldoşev şaharga talab qilingandan kam gaz berilsa, nima ham qila olar edi, deya mulohaza bildirilgan.