Buyuk Britaniya sudi 50 yoşli ayolni özining keksa yoşdagi onasining pullarini sarflaş huquqidan mahrum qildi. Ayol har oy onasining pulidan 250 funt sterlingga yaqinini pirojniy va xamir içidagi sosiskalar sotib olişga sarflagan, deb yozmoqda The Telegraph naşri.

Ajraşgan bu ayol qariyalar uyida yaşaydigan onasining yoniga muntazam ravişda qatnab, unga tarelka töla turli yegulik – çöçqa göştidan tayyorlangan piroglardan tortib peçenelargaça olib kelgan.

Sud hakami Denzel Laş ayolni “nodonlikda” aybladi, çunki keksalarga xos bölgan aqli zaiflikdan aziyat çekuvçi 70 yoşli onasi aksariyat hollarda bunday yegulikni yemaydi va uni yuvundiga taşlab yuboradi va şu tariqa bu mahsulotlarni sotib olişga sarflangan pul “çippakka çiqadi”.

Ta'kidlanişiça, keksa ayolning qizi onasining pullarini, uydagi moliyaviy holatni töliq nazorat qilgan. Sudning qaroriga köra, endilikda keksa ayolning pullarini aqliy qobiliyatlarida muammolari bor odamlarga yordam beradigan maxsus organ – vasiylik böyiça jamoatçilik boşqarmasi nazorat qiladi.