Ukraina energetika vaziri Vladimir Demçişinning xabar qilişiça, mamlakatning elektr stansiyalarida 2.5 mln tonna kömir töplangan bölib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 900 ming tonnaga köproqdir. Bu haqda “Ukraina 112” telekanali efirida xabar qilindi.
“Ayni paytda elektr stansiyalari omborxonalarida kömir ötgan yilgidagidan 900 ming tonnaga köproqdir. Ötgan yili 1.6 mln edi, hozir 2.5 mln, bu isitiş mavsumini boşlab oliş uçun yetarli, unga uzilişlar bölmaydi, degan işonç va xotirjamlik bilan kirişga yetarli”, - dedi vazir.
U, şuningdek, byudjyetda kömir zaxiralarini töldirib boriş uçun 2 mlrd grivna ajratilişi közda tutilganini ma'lum qildi.






