"Real" klubi hujumçisi Kriştianu Ronalduning agenti Jorjye Mendeş öz mijozi faoliyatining oxirigaça Madridda qolişini yana bir bor ta'kidladi va uning "MYu"ga qaytişi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etdi.

"Hozir bu borada juda köp gaplar bölmoqda, har kuni yangi xabar çiqadi. Ammo mendan söraydigan bölsangiz, Kriştianu faoliyatini "Real"da yakunlaydi, deb aytaman.

U bu yerda hali uzoq yillar öynaydi", - deydi Mendeş.

Bundan taşqari, u Ronalduning "Sporting"dan "MYu"ga ötiş jarayoni haqidagi xabarlarga izoh berdi.

"U "MYu"ga qarşi öyinda özini körsatgani uçun e'tiborga tuşib, transfer qilingani haqidagi gaplar notöğri. Ungaça ham mijozimga köplab jamoalardan takliflar bor edi. Ser Fergyuson esa yoş futbolçiga asosiy tarkibdan joy va'da qiliş evaziga Ronalduni qölga kiritgan", deb qöşimça qilib ötgan Mendeş.