Bugun, 7 noyabr kuni Çili hududida zilzila sodir böldi.

AQŞ geologiya xizmati ma'lumotiga köra, markazi mamlakat poytaxti Santyago şahridan 295 km masofada bölgan bu zilzila kuçi 6,8 ballga teng bölgan.

Hodisa talofatlari haqida hozirça aniq ma'lumotlar yöq.

Biroz oldinroq, Çili qirğoqlari yaqinida 5,4 balli zilzila bölib ötgandi.

17 sentabr kuni Çilida 8,4 balli zilzila sodir bölib, 13 kişi halok bölgan va 3000 nafardan ortiq kişi jabr çekkandi.