Hyundai kompaniyasining Genesis haşamatli subbrendining birinçi vakili uçinçi avlod Equus sedani böladi, u G90 deb qayta nomlanadi. Bu haqda The Korean Car Blog portali ma'lum qildi.
Seulda yangi lyuks sinfidagi modellar qatori namoyişi paytida kompaniya mato ostiga yaşirilgan flagman modelini namoyiş qildi. G90 sedani Janubiy Koreyada dekabrda, jahon böyiça esa 2016 yil aprelda Nyu-York avtosalonida ilk bor namoyiş qilinadi.

Maşinaning fotosuratlaridan körinişiça, u Vision G kontseptual kupesi uslubida bajarilgan. Hyundai’da Vision G kupesi “premial modellarning kelajak oilasi uçun ilhom beruvçi model” deb atalmoqda.
Yangi sedanning motorlari orasiga avvalgi 5 litrli V8 dvigateli va yangi 3,3 litrli 6 silindrli ikki turbinali, 365 ot kuçiga ega dvigatel kiritiladi. G90 faqatgina töliq privodli tizim bilan taklif qilinadi.

G90’dan keyin Hyundai’ning yangi subbrendi G80 deb ataladigan keyingi avloddagi Genesis sedani va kupesi hamda örta ölçamlardagi G70 modellari bilan tölğaziladi. 2020 yilga qadar koreyalik avtomobilsozlar yangi subbrend ostida 6 ta yangi model, jumladan krossover va katta ölçamdagi yöltanlamas işlab çiqarişni rejalaştirmoqdalar.






