The Beatles rok-guruhining maşhur iştirokçisi Jon Lennonga tegişli J-160E Gibson akustik gitarasi Beverli-Xillzda taşkil qilingan kim oşdi savdosida 2.41 mln dollarga sotildi. Bu haqda Kaliforniyaning Julien's Auctions savdo uyining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Gitara uzoq vaqt yöqolgan deb hisoblanardi. Afsonaviy musiqaçi undan “Love me do”, “Please, please me” va “I want to hold your hand” qöşiqlarini yaratişda foydalangan. Uning dastlabki narxi 300 ming bölib, mutaxassislar bu körsatkiç 800 ming dollargaça kötarilişini kutayotgan edi.
Çolğu asbobi kim oşdi savdolari tarixidagi eng qimmat gitaraga aylandi. 2013 yilda boşqa rok-ijroçi – Bob Dilanning gitarasi 965 ming dollarga sotilib, rekord örnatgan edi.
Lennonning gitarasi 2.5 mln dollarga sotildi
15:04 / 08.11.20153 9041 min






