Sinfdoşim şifoxonada jarroh bölib işlaydi, bir neça xususiy klinikalarda amaliyot ötaydi va davlat tuman şifoxonasida navbatçilik asosida işlaydi. Bir kuni umumiy döstlarimiz davrasida iş haqida gap oçildi, keyin esa xizmatda olinga sovğalar töğrisida gaplaşdik.
Navbat mening sinfdoşimga yetib kelganida, u öz hikoyasini sözlab berdi.
Öşa vaqtda döstimning yoşi 28 da edi. Davlat şifoxonasiga uning körigiga 6 yoşli qizçani olib kelişgan, u yiqilib tuşgan va qöli qattiq şikastlangan edi. Tasvirni kuzatgaç, darz ketiş, sinişlar yöqligiga amin böldi. Biroq qizaloqda tuğma kift defekti mavjud bölgan: kift deyarli harakatlanmaydi va bir oz egilgan körinişda bölib, barmoqlarni biroz qimirlatar edi. Ota-onaning aytişiça, şifokorlar operatsiya qildirişni taklif etişgan, biroq natija uçun kafolat berilmagan, ularda operatsiyani ötkaziş uçun ham katta miqdordagi mablağ yöq edi.
Döstim öşa vaqtda yoş jarroh edi, bu holat unga qiziq köringan, köz oldiga operatsiyani qanday qilib ötkaziş, qanday körinişda yiğiş namoyon böldi. U qizçaning ota-onasiga barça tekşiruvlardan ötib, uning oldiga xususiy klinikaga kelişni aytgan.
Boşqa şifokorlar bilan ötkazilgan bir neça tekşiruv va maslahatlardan söng, jarroh döstim qizaloqqa yordam bera olişiga işonç xosil qilgaç, klinikaning direktori bilan kelişib oldi. Bemor qizaloqning ota-onasini çaqirib, operatsiyani bepul amalga oşirişi, keyin esa ramziy tölov evaziga boşqa klinikada fizioterapiyani amalga oşirişlarini aytgan.
Qizçaning ota-onasi ikkilanişar edi va ahvol bundan-da oğirlaşişidan havotirlanib, jarroh qanday kafolat bera olişini tinmay sörardilar.
- Men sizga töğrisini aytaman, - dedi sinfdoşim, - qizingiz heç qaçon pianinoçi yoki tennisçi böla olmaydi, biroq qöli töğri böladi va u qölini normal holatda uşlab, harakatlantirişi, yozişi mumkin.
Şunda qizaloq:
- Doktor, men rasm çiza olamanmi? Judayam rasm çizgim kelyapti.
Ona qizini quçoqlagança xöngrab yubordi, ota esa közini yerga qadab, şifokorga boş silkidi.
- Bir yil ötgaç esa, - deya hikoya qildi sinfdoşim, - hayotimda men uçun eng qimmatli bölgan sovğa oldim. Işxonamga öşa qizaloq ota-onasi bilan taşrif buyurişdi va u men uçun özi çizgan rasmni sovğa qildi.
U bizga telefonidagi bolakay tomonidan çizilgan rasmni körsatdi: ulkan rang-barang gul, bunaqasi biologlar tomonidan hali kaşf etilmagan, tasvirning tagida esa bola xatida bosma harflar bilan “






