Oxirgi paytlarda matbuotda, internet naşrlarida “xususiy filmlar”ni “davlat filmlari”ga qarşi qöyiş, birinçisini qayta-qayta tanqid ostiga oliş barobarida, “jiddiy” filmlar tomoşabinga köproq foyda keltirişini bir ovozdan takrorlaş urf bölib qoldi. Lekin, tan oliş kerak, “jiddiy” filmlar ham köpgina hollarda tomoşabinning işonçini oqlolmayapti: dolzarb mavzularni kötaradigan, köruvçilarga ozuqa berişga yönaltirilgan ayrim kartinalar ssenariyning sayozligi, syujyetdagi beöxşovliklar, texnik kamçiliklar bois hafsalani pir qilmoqda. Şu tufayli, oçiğini aytganda, kinoteatrga tuşib, özbekistonlik ijodkorlarning yangi kinoasarlari bilan tanişişdan oldin “yetti ölçab bir kesadigan” bölib qolganman.

Hilol Nasimovning yangi “Ajal jodusi” nomli filmini körişdan oldin mana şu fikrlarni aqlimda tutib, özimni bir yarim soat zerikişga ruhan tayyorladim, toki seansdan söng özimdan ham, kinoçilardan ham köngil qolmasin. Illo, kutilmaganda ekrandagi voqealar meni öziga tortib ketdi, bir yarim soatlik xronometraj esa juda qisqa tuyuldi. Xullas, köpdan buyon birinçi marta kinozaldan mamnun bölib çiqdim.

Toşkent viloyatidagi çekka toğli qişloqlardan biri. Tönğiç farzandining töyini ötkazgan oila moddiy qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Olingan qarzlarni uziş, qolaversa, tuzukroq iş topib, oila tebratiş kerak. Qöni-qöşnilar oldida yuzi şuvut bölgan, boşqa ilojini topa olmagan oila boşliği ikki öğlini olib, Rossiyaga ravona böladi. Uylanganiga endigina 2 oy bölgan Tolib ham, uning endigina qişloqdoş qizni köz ostiga olib qöygan ukasi ham yorlarini taşlab ketişga majbur bölişadi. Rossiyada aka-uka kutilmagan murakkabliklarga uçraydi; yoşlarning yöldan adaşişi oxir-oqibat katta fojiaga olib keladi...

Film ança pişiq işlangan. Harqalay, “Odnoklassniki” menda bu qadar yaxşi taassurot qoldirmagan edi. Hilol Nasimov tez-tez uçraydigan, OAVda köp bora hikoya qilingan tipik qismatlardan birini olib, uning misolida moliyaviy qiyinçiliklar, xorijda işlaşning oğir şaroitlarini oçib berişga harakat qilgan. Oçiği, xuddi şu voqeani hujjatli film şaklida ifodalasa ham bölar edi. Ya'ni, ijodkor kartinaning badiiy jihatidan köra ijtimoiy mazmuniga köproq urğu bergan. Va, aytiş mumkinki, muammoni oçib berişda yutuqqa erişilgan.

Syujyetdan örin olgan mavzular doirasi şu qadar kengki, Nasimov bir öq bilan ikki emas, bir yöla beş quyonni urişga muvaffaq bölgan: dabdabali töylar, çet elda mehnat qiliş zahmati, “Kamolot” uylari, ekstremistik guruhlar faoliyati va hattoki Ukraina. Film qahramonlaridan biri kabi “Ukrainaning nima aloqasi bor?”, dersiz? Afsus, buni oşkor eta olmayman.