Özbekiston 2016 yil martigaça “Angren – Pop” yangi, elektrlaştirilgan temir yölni işga tuşirişga qaror qilgan. Bu haqda sputnik naşri “Özbekiston Temir yöllari” vakiliga asoslanib, xabar tarqatgan.

Manbaning sözlariga köra, yöl işga tuşirilişining aniq sanasi hali ma'lum emas, lekin temiryölçilar uşbu yölni, Özbekistonning asosiy bayramlaridan biri bölgan – Navröz arafasida işga tuşirişni rejalaştirişgan.

“Mart oyi oxirida biz uşbu yönalişda poyezdlar işçi harakatni boşlaymiz. Avvaliga undan faqat yuk poyezdlari yuradi, 2016 yilning sentabrida esa, yölovçilar taşiş boşlanadi”, — deydi suhbatdoş.

Ma'lumot uçun, uşbu yöl qurilişi 2013 yilning yarmida bşlangan bölib, uning uzunligi 123,1 kmni taşkil qiladi. Uning alohida jihati şundaki, yangi temir yöl balandligi 2200 metr bölgan “Qamçiq” dovoni orqali ötgan. Dovondan ötiş uçun Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi bilan hamkorlikda uzunligi 19 km bölgan tunnel qurilib bitkazilmoqda. Uşbu tunnel qurilişi uçun 455 mln dollar mablağ sarflangan. Tunneldan taşqari bu yerda 285 yordamçi obekt, 22ta köprik, 6ta temir yöl bekati va ikkita vokzal qurilgan.

Ma'lum qilinişiça, yangi yönalişning oçilişi Xitoy – Örta Osiyo — Yevropa xalqaro temiryöl tranzit koridori taşkil qilinişini bildiradi.

Ekspertlar xabariga qaraganda, temir yöl işga tuşganidan keyin birinçi yil mobaynida 600 ming yölovçi va 4,5 mln tonna yuk taşiş közda tutilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 1,6 mlrd dollarni taşkil qildi, şundan 1,08 milliard dollarlik qismi “Özbekiston temir yöllari” sarmoyasi, Özbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi va davlat byudjyeti hisobida. Eksimbank 350 mln dollar, Jahon banki esa 195 million dollar mablağni uşbu loyiha uçun kredit sifatida yönaltirgan.