Qozoğistonda uzoq muhokamalardan söng boşqa davlatlar fuqarolari bölmiş etnik qozoqlarning mamlakat hududiga köçib keliş qoidalarini yengillaştiriş borasida qadamlar taşlanmoqda.
5 noyabr kuni mamlakat senati öralmanlarga (boşqa davlatdan köçib kelgan etnik qozoqlarga) imtiyozlar beriş töğrisidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Agar uşbu loyiha mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolansa, ularga 3 oydan 1 yilgaça bölgan muxlatda fuqarolik beriladi. Ilgari 4 yil muddat közda tutilgan edi.
Bundan taşqari, öralmanlar istagan joylariga köçib ötiş imkoniyatiga ega böladi. Ilgari ularning Ostona yoki Olma-Otada örnaşişi taqiqlangan edi.
Şuningdek, hukumat ularga nisbatan qöllanilayotgan terminologiya ustida ham boş qotirmoqda. Boşqa davlatdan köçib kelayotgan qozoqlarning kattagina qismi "öralman" atamasini xuşlamayotgani bois bundan buyon ular “bağirdoş” (bauyrlas) yoki “vatandoş” (otandas) deb atalişi mumkin.
Oxirgi yillarda moliyaviy qiyinçiliklar hukumatni öralmanlar dasturini biroz qisqartirişga majbur qilgan edi, natijada ularga belgilangan köplab imtiyozlar va nafaqa tölovlari bekor qilingan edi. 2012 yilda Qozoğistonga 39 ming öralman kelgan bölsa, 2014 yilda bu körsatkiç 8 ming kişiga qisqarib ketdi. 2015 yilning 9 oyi mobaynida taşrif buyurgan öralmanlar soni 3 012 kişini taşkil qildi.






